Yor pinhon ko‘zlarimdin, sharhu imlosin ko‘rung...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yor pinhon ko‘zlarimdin, sharhu imlosin ko‘rung...
by Sadoiy Mirhasan

Yor pinhon ko‘zlarimdin, sharhu imlosin ko‘rung,
Man sarig‘a tortulub bu qoshu ham yosin ko‘rung.

Kuydurub olam barini sog‘ari majlis tuzob,
Sunmagon bizlarg‘a hargiz may bila tosin ko‘rung.

Aylamas manzur hargiz ul Sulaymon taxtini,
Misli Iso maskanu joyi Masihosin ko‘rung.

Nrni topmoq uchun man ayladim azmi safar,
Bizni g‘arqob etgali g‘am birla daryosin ko‘rung.

Har kishiga yetgusidur kechalar sham’i safo,
Oftobi vazzuhodin husn zahrosin ko‘ring.

Bir aningdek nozaninga olami ofoq hama,
Jon berurlar g‘oibona xalq ixlosin ko‘ring.

Orzu aylab Sadoyi ko‘rsa nogah yorni,
Qo‘lga tushgan bandidek emdi tavallosin ko‘ring.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse