Yor etib azmi safar, man zori giryon qolmisham...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yor etib azmi safar, man zori giryon qolmisham...
by Nodim Namangoniy
333270Yor etib azmi safar, man zori giryon qolmisham...Nodim Namangoniy

Yor etib azmi safar, man zori giryon qolmisham,
Nolau afg‘on chekib, besabru somon qolmisham.

Ul guli navrasta hijronida yig‘lab zor-zor,
Bulbuli shaydo kabi man tortib afg‘on qolmisham.

Ul necha ahbobi dilxohi bila aylab safar,
Man g‘amu hasratda yolg‘uz siyna biryon qolmisham.

Oftobi osmoni husn etib nogah g‘urub,
Soyadek man notavon yer birla yakson qolmisham.

Ko‘z ko‘rub, ko‘nglum asir o‘ldi kamandi zulfiga,
Voykim, zulmat aro tab’im parishon qolmisham.

Necha kundurkim xayolidan dame bo‘lmay xalos,
Ko‘zga uyqu kelmayin to subh hayron qolmisham.

Do‘stlar, bir chora aylang dardima, o‘lmay halok,
Dog‘i hijroniga topmay hech darmon qolmisham.

Qaysi kun bo‘lg‘ayki, Nodim, vaslig‘a mahram bo‘lub,
Arzi holimni desamkim: — Sansiz, ey jon, qolmisham.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse