Yo falak hargiz meni dardimga darmon aylams...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yo falak hargiz meni dardimga darmon aylams...
by Dilshod Otin

Yo falak hargiz meni dardimga darmon aylams,
Yo tabibi xoziqimni hech qadrdon aylams,
Mushkulim ko‘pdur, aqalli birin oson aylamas,
Orzuyim borasida hargiz imkon aylams,
Manga himmat ilgidin bir yo‘la ehson aylamas.

Dod deb qichqirg‘animg‘a rahm etmaydi falak,
Ishq sirrin o‘ylamakdin qong‘a to‘ldi bu yurak,
Er ostonig‘a yetmoqlig‘in dil aylar tilak,
Shum raqiblar dastidin yo‘l izlab o‘tmoqlik kerak,
Bu tilakning borasida fikr chandon aylamas.

Subhi o‘lmaydi tunim, hargiz yorishmas bunda shom,
Bu habashni lashkari oshiqdin olur intiqom,
Saf tuzib kuz manzarida, qo‘lida tig‘i nayyom,
Telmurub yig‘lab turarman, tashnaman, qo‘limda jom,
Xovari tun lashkarini nestu yakson aylamas.

Sho‘r baxtimg‘a azizim yuzni pinhon ayladi,
Va’da qildiyu visolin, bag‘rimi qon ayladi,
Yig‘latib ishqida ko‘zdin abri nayson ayladi,
Oxiri bus hum raqibin qasdi bir jon ayladi,
Hech ma’shuqa oshiqini bo‘yla sarson aylamas.

Emdi yorim rahm etib, qiniga solsun tig‘ini,
Nogahon bir zarb ila qirqmay muhabbat bixini,
Adl birla o‘zi bersun shum raqib ta’zirini,
Shodmon o‘lg‘um, yo‘qotg‘um, qayg‘u birla yig‘ini,
Bu vafoni dilbarimdin o‘zga sulton aylamas.

Bu muammo qay kuni hal bo‘lg‘usi, bilmam hanuz,
Ishq g‘olib bo‘lmog‘I, zulm ketgusi, bilmam hanuz,
Pardayi ismat oxir yirtilg‘usi, bilmam hanuz,
Oy ham o‘zdin niqobin olg‘usi bilmam hanuz,
Naylayin bu matlabim xurshidi tobon aylamas.

Charxi kajrav to‘g‘ri yursun bu g‘arib Barno uchun,
To‘g‘ri yo‘llar nomin aytsun axtarib Barno uchun,
Baxt qonuni yozilsun o‘zgarib, Barno uchun,
Ishq vasli ham bo‘ladur anqarib Barno uchun,
Bu niyatni emdi Barno hech pinhon aylamas.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse