Ul yori azizim deb, man emdi samandarman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ul yori azizim deb, man emdi samandarman...
by Sadoiy Mirhasan

Ul yori azizim deb, man emdi samandarman,
Kuydi bu dilu jonim, monandai axgarman.

Bu dashtu biyobonda, monandi bo‘lub Majnun,
Bir yerda qarorim yo‘q, yurganki qalandarman.

Yoshim yetib ellikka, saqolim oqarganda,
Xizmatga buyurgay deb, yor oldida navkarman.

Davotu qalam birla, ilgimg‘a olib qog‘az,
Ko‘rgin yana nomamni, ham sohibi daftarman.

Harchand raqib aytur, bu talx yomon achchig‘,
Bilgil, ki ey azizim, man shahd ila shakkarman.

Er ila bo‘lub hamdam xizmatni bajo qilsa,
Ayb etma Sadoyini har ma’nida choqarman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse