Ul oy yuziga mehr ila to men nigoronmen...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ul oy yuziga mehr ila to men nigoronmen...
by Gadoiy

Ul oy yuziga mehr ila to men nigoronmen
Ofoq ichinda tiyri malomatqa nishonmen.

Usruk ko’zidur chun meni rasvo kiladurg’on,
Ayb etmang, agar mo»takifi ko’yi mug’onmen.

Yuz shukrkim, ul qoidai mehru vafoni
Gar yor digar qildisa, men bori hamonmen.

So’rsam labidinkim, ne malohat bo’lur ushbu,
Aytur kishiga quti dilu quvvati jonmen.

Dardokim, o’shul ohu qaroq vaslini topman,
Tinmay nechakim it kibi har sori davonmen.

La’ling g’amidin, voyki, jon ernima yetti,
Daryoblag’il, yo’qsa adam sori ravonmen.

Quldur bu Gado, netti begim, qovma eshiktin
Har nechakim, oshuftau rasvoyi jahonmen.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse