Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar...
by Sayfi Saroyi
332271Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar...Sayfi Saroyi

Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar,
Na manzar, manzari shohid, na shohid, shohidi dilbar.

Bu kun Yusuf jamolini qilibtur haq sanga baxshish,
Na baxshish, baxshishi davlat, na davlat, davlati mafxar.

So‘zung durru javohirdur, ko‘ngullar ganjina loyiq,
Na loyiq, loyiqi xisrav, na xisrav, xisravi kishvar.

Shakardan totlidur xulqung, karamda xotiring matlab,
Na matlab, matlabi ma’dan, na ma’dan, madani javhar.

Zihi davlatli oshiqkim, sening birlan qilur ishrat,
Na ishrat, ishrati jannat, na jannat, jannati kavsar.

Bu husnung shavqi zavqinda ko‘ngul to‘tilari tobti,
Na tobti, tobti xush lazzat, na lazzat, lazzati shakkar.

Jamoling naqshina Sayfi Saroyi bag‘ladi surat
Na surat, surati hasno, na hasno, husni jonparvar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse