Terlamish may tobidin gulbargi ruxsorin ko‘rung...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Terlamish may tobidin gulbargi ruxsorin ko‘rung...
by Gulxaniy

Terlamish may tobidin gulbargi ruxsorin ko‘rung,
Rahzani din o‘ldi tori zulfi zunnorin ko‘rung.

Belu og‘zidin nishon gar bir sari mo‘ desalar,
Aylaram inkoru iqror etmazam vorin ko‘rung.

O‘z makonini tilar har gah qafasdin qochsa qush,
Eyki istarsiz ko‘ngulni zulfi har torin ko‘rung.

G‘amzasi jonim olur, novaklari bag‘rim tilar,
Zolimi berahm ozor uzra ozorin ko‘rung.

Soqiyo, hajr ilgida xunoba yutdim, Gulxaniy,
G‘ayr ila bazm ichra oni jomi sarshorin ko‘rung.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse