Sunbul oso zulminga to man giriftor aylanay...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sunbul oso zulminga to man giriftor aylanay...
by Qiyosiy

Sunbul oso zulminga to man giriftor aylanay,
Goh pinhon jon tasadduq, goh izhor aylanay,
Ko‘rmasin bu dam yuzingni emdi ag‘yor, aylanay,
Ey suman yuz, qomati to‘bi masal yor aylanay,
Ko‘zlaring hummoridin men xasta bemor aylanay.

Yozug‘um ne erdi solding bir yo‘li ko‘zdin yiroq,
Tig‘i hijron zohir etdi ko‘ksuma yuz toza dog‘,
Sen bo‘lub ag‘yor bazmi ichra monandi chirog‘,
Men shabistoni firoq ichra g‘am ila to bu chog‘,
O‘lturub afg‘ondamen kel emdi, bisyor aylanay.

E’tidoli qomating oshiqlara naxli murod,
Gulshani ro‘yingda la’li obdoring obdod,
Shavqi chashmingdin ko‘zum yog‘durdi boroni fasod,
Bu vujudi kasrati g‘am birla bermay e’timod,
Gardi kuyungda bo‘lub parvona kirdor aylanay.

Mohro‘yingdur falak ayvonida sham’i munir,
Ko‘zlaring Bahrom erur, mujgonlaring ilginda tiyr,
Daftari xusnung uchun bordur Atorud bir dabir,
Sen nechuk Zuhro nasab davringda el qilmish nafir,
Men ko‘rub husning mato’ni Mushtarivor aylanay.

Ne sabab, ey mahvash, g‘ayr ila may no‘sh aylading,
Qosh qoqib ayorg‘a bizni faromush aylading,
Har nechuk ahbobni ko‘rgachda og‘ush aylading,
Motamiylardek meni g‘amdin siyohpo‘sh aylading,
Ne gunohim bor edi, aytg‘il, mani zor aylanay.
 
Zor etib har lahza men bebokni o‘lturmag‘il,
Diydasi namnok ko‘ksi chokni o‘lturmag‘il,
Mubtaloyi ishq mushti xokni o‘lturmag‘il,
Ko‘ngli xolis, e’tiqodi pokni o‘lturmag‘il,
Bermagil bu muflisi miskinga ozor, aylanay.

Lahza sabrim yo‘q meni sen yordin aylanmasam,
Chashmi, fatton yuzlari gulnordin aylanmasam,
Qomati sarvi ravon dildordin aylanmasam,
Ham nazokat birla xush raftordin aylanmasam,
Qo‘y qadam jonim bisoti uzra dildor, aylanay.

Ayladim holi dilim ifsho sanga, ey sarvinoz,
Ore, ishq ahlig‘a odat aylamak arzu niyoz,
Ne uchun qahru g‘azab haddin ko‘p o‘ldi, mehring oz,
Tarki zulm et, tangrichun oshiqni aylar sarfaroz,
Ne munosib sen kabi yaxshig‘a bir kor aylanay.

Navniholi sarvsan bordur malohatda guling,
Mushku tardur davri ruxsoringda tori kokuling,
Ey guli navras, bo‘lub xalq ichra ko‘pdur bulbuling,
Kim erur sohib nazar el ichra sotilg‘on quling,
Men Qiyosiyg‘a bo‘lub har lag‘za ag‘yor aylanay.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse