Odam aytibdur avval ulug‘ nurg‘a qarab...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Odam aytibdur avval ulug‘ nurg‘a qarab...
by Dilshod Otin

Odam aytibdur avval ulug‘ nurg‘a qarab,
Bir marta kulgil, ey nur, qaro yerg‘a qarab.

Xovar boqibdur ul dam anvor mehr ila,
Zulfin etib parishon, soyu qirg‘a qarab.

Er aylanib turibdur, parvona xovar uzra,
Hayo teri oqibdur Amuyu Sirg‘a qarab.

Chiqganda dona-dona buloq ko‘zidin ul ter,
Hayratda xovar o‘lmish ul on dirg‘a qarab.

Siru Amu oqibdur, kishvari kokilidek,
Nazar solmabdur also adirg‘a qarab.

Odam qo‘lida oxir o‘libdur rom jayhun,
Ta’zim etibdur ul dam ul Sirg‘a qarab.

Inson payravi bo‘l, Dilshod o‘lg‘aysan,
Ta’zim etma hargiz begu mirg‘a qarab.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse