Muhabbat mehnatin bilgan knshi rohat pisand etmas...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Muhabbat mehnatin bilgan knshi rohat pisand etmas...
by Hoziq

Muhabbat mehnatin bilgan knshi rohat pisand etmas,
Achiq may istagan maxmur tab’i mayli qand etmas.

Bu shaydo ko‘nglimi chun bog‘ladi zunnori zulfi-la,
Kishi devonani zanjir ila bu nav’ band etmas.

Asoye notavon ko‘nglumg‘a berdi qomating shavqi
Bu yanglig‘ nola jurat yo‘qsa mandek dardmand etmas.

Senu kavsar ziloliyu, menu oning labin zavqi
Netay, ey zohid, andin o‘zga yeuv ko‘nglum pisand etmas.

Kel, e, noseh eshnt pandim o‘zing, devona bo‘lmishmen,
Nechunkim bilmading devonalarga sud pand etmas.

Tabassum gar labidin ko‘z tutarsen, yig‘lag‘il, Hoziq,
Bulut oquzmaguncha yoshini gul no‘shxand etmas.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse