Moni chekarga surating naqshini ko‘p qildi jadal...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Moni chekarga surating naqshini ko‘p qildi jadal...
by Kiromiy

Moni chekarga surating naqshini ko‘p qildi jadal
Bo‘lmayin sirri musbati tasvirig‘a tushdi xalal,
Vah ne ajab masnu’sen, yo‘qtur naziring, ey go‘zal,
Go‘yo labu xatingni tarh etkanda naqqoshi azal,
Shingarfu zangor o‘rnig‘a la’lu zumurrad qildi hal.

Budur ul oyning odati, solur boshimg‘a kulfati,
O‘tmay zamoni fursati, tekgusi jong‘a shiddati,
Aqlimni olib fikrati, ko‘nglumga yetkay rohati,
Fosh etti gohe rifqati, ko‘z qoni tomg‘on hay’ati,
Kim ko‘z qarosin furqati, qon birla aylabdur badal.

Ey dilbari gulgun qabo, vaslingdin o‘zga muddao
Yo‘qtur manga subhu maso, qildi raqib yuz ming‘ jafo,
Men zorni sendin judo, hijron o‘ti jonim aro,
Dog‘i firoq, ey dilrabo, andoq ko‘zum qildi qaro,
Kim ko‘z qarosidek manga, matlub erur dog‘i ajal.

Sarxush mayi rangin ila, sar to qadam tazyin ila,
Ot sekritib oyin ila, chiqding qoshingda chin ila,
Rohing‘da men tahsin ila, qildim duo omin ila,
Sen furqat istab kin ila, men yer o‘pub tamkin ila,
Qatl ahlig‘a taskin ila, qilmoq namoz erur hiyal.

Furqat sharori nogahon, yoqti tanim bermay amon.
Qildim base ohu fig‘on, mamlu unimdin osmon,
Dardim nuchuk aylay nihon, eldin meni behonumon,
Hajring o‘tidin har zamon, andog‘ kuyar ozurda jon,
Kim sog‘inur bog‘i jinon, do‘zaxga kirsa filmasal.

Pandim eshit, ey nozanin, ne gul qolur, ne yosmin,
Aylab ajal bir kun kamin, tortar boshingg‘a tig‘i kin,
Ne vajh ila bo‘lmay hazin, oxir ketar har mou tin,
Yuz yilg‘a umr o‘lsun qarin, bir dam ko‘rar ahli yaqin,
Bas nedur ey xilvatnishin muncha sanga tuli amal.

Gulzor aro ul no‘shlab, bazm aylamakka ro‘zu shab,
Ayyomi gul bo‘ldi sabab, hamroh necha oliy nasab,
Vahm aylama, chekma taab, ishrat, Kiromiy, qil talab,
Vuslat zamoni bo‘lajak, soqi qadah tut lab-balab,
Mutrib, tuzat savti tarab, o‘tkar, Navoiy, bir g‘azal..

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse