Mango qilma, ey moho oliyjanob...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Mango qilma, ey moho oliyjanob...
by Komil Xorazmiy
293885Mango qilma, ey moho oliyjanob...Komil Xorazmiy

Mango qilma, ey moho oliyjanob,
Itob-u itob-u itob-u itob.

Erur ishqing o‘tig‘a ko‘nglum mudom
Kabob-u kabob-u kabob-u kabob.

Chu kelding, ketarmen deb qilma ko‘b
Shitob-u shitob-u shitob-u shitob.

Jamolingg‘a boqg‘onda solma ango
Niqob-u niqob-u niqob-u niqob

Yuzung mus’hafi sharhi o‘lg‘ay
Kitob-u kitob-u kitob-u kitob.

Mug‘anniy cholib ayla ko‘nglumni shod
Rubob-u rubob-u rubob-u rubob.

Binoyi jahon bordur suv uza
Hubob-u hubob-u hubob-u hubob.

Ango ko‘b ko‘ngul qo‘ymakim, bo‘lg‘ay — o‘q
Xarob-u xarob-u xarob-u xarob.

Sango bo‘lsa ham oy-u kun qilma faxr
Rikob-u rikob-u rikob-u rikob.

Erur jiyfa dunyo oning tolibi
Gilob-u gilob-u gilob-u gilob.

Labing hajrida ichmagay Komiling
Sharob-u sharob-u sharob-u sharob.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse