Lola ko‘ksidek bag‘rim tah-batah qaro qonlar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Lola ko‘ksidek bag‘rim tah-batah qaro qonlar...
by Gulxaniy

Lola ko‘ksidek bag‘rim tah-batah qaro qonlar
Hajr ibtilosidin naylay, ey musulmonlar.

G‘amza o‘qidin har yon bosh chiqardilar chandon,
Jismi notavonimdin dasta-dasta paykonlar.

Bir dam ayla mardumlig‘ diydam ichra manzil qil.
Durru la’l sochsunlar maqdamingga mijgonlar.

Va’dalar qilib eding, shod etay sani g‘amdin,
Ushbu g‘amda jon berdim qoni ahdu paymonlar.

Sen nechuk paridursan, topmadim so‘rog‘ingni,
Kezmisham quyun yanglig‘ vodiyu biyobonlar.

Gulxaniyni qon tortdi azmi ko‘yi yor etti,
Qatl etarga mijgonlar chekti tig‘i uryonlar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse