Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido...
by Gadoiy
332472Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido...Gadoiy

Komu nokom eshikingdin kettim, ey jon, alvido,
Chun qazodin mundoq ermish hukmu farmon, alvido.

Davlatingdin xush kechurdum muddate umri aziz,
Habbazo, ul komu, zavqu, ayshu, javlon, alvido.

Bas sudo’ erdi fig’onimdin ulusqa, ey begim,
Mushkul ishni qildim oxir elga oson, alvido.

Jo’yi Navnung suyi ermish obi kavsar shaksizin,
Ravzayi rizvondag’i Bog’i Xiyovon, alvido.

Ey darig’okim, tag’oful birla kechti muncha umr,
Bilmadim qadri Shimolu Bog’i Zog’on, alvido.

Nechakim qonimdin ichti suv niholi qomating,
Topmadim sendin bar, ey sarvi xiromon, alvido.

Gar Gado bordi iliktin, bok emas, sen yaxshi qol,
Komronliq birla, ey sultoni xo’bon, alvido.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse