Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur...
by Sayfi Saroyi
332272Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur...Sayfi Saroyi

Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur
Doyim murassa’ og‘zing gavharfishon ko‘runur.

Bozor ichinda husnung ishva sotib olur jon,
Bo‘ston ichinda qadding sarvi ravon ko‘runur.

Haq sun’i oy yuzungni qilmoq uchun tamosho
Har subhidam qopungda xalqi jahon ko‘runur.

Erta-kecha ko‘zumdin ketmas uchun xayoling,
Ne yerga boqsam anda husnung ayon ko‘runur.

Sayfi Saroyi nazmi husnung sifoti birla
Doyim bu el tilinda xush dilsiton ko‘runur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse