Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz...
by Dilshod Otin

Keling, qizlar, chalaylik daf ila soz,
Bir osoyish zamonni chorlaylik boz.

Diyorimizni ta’rif aylamakka
Hamma maqsadni birga aylaylik soz.

Qo‘shiqni Nodira she’rig‘a bog‘lab,
Bo‘layluk sozig‘a bizlar hamovoz.

Uvaysiy birla Mahzuna qoshida
Turaylukluk suhbat aylab birga damsoz.

G‘azallar pardasini har qanoti,
Hayotlik ko‘nglimizda etsa parvoz.

Kimiki misli ma’dan ersa rangin,
G‘azallar husni ermas, balki pardoz.

Jamoli misra asli ersa, Barno,
O‘qug‘an odam aylar oncha e’zoz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse