Ishq ofatidin tushti mening boshima savdo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ishq ofatidin tushti mening boshima savdo...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy
333084Ishq ofatidin tushti mening boshima savdo...Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Ishq ofatidin tushti mening boshima savdo,
Majnun kibi hayron kezaram shahr ila sahro,
Tun-kun ishim o‘ldi meni har yerda alolo,
Olam ko‘runur ko‘zima bir shahpari anqo,
Munis manga g‘am, dardu balo kulbasi ma’vo.

Hasratzadamai, lozim emas masnadi shohiy,
Oldurg‘ali ko‘nglumni ko‘rub ul yuzi mohiy,
Har dam oshururman falaki zuhradin ohi,
Oyo ko‘runurmu ko‘zuma vaslini rohi,
Og‘zimg‘a erur zahru sitam ne’mati dunyo.

Gar vasli muyassar manga qilmas esa baxtim,
Dunyoda kerakmas manga bu toj ila taxtim,
Bir yon ketaram telbasifat, qolg‘usi raxtim.
Chekti alami teshai ofat sari saxtim,
Farhoda na nofe’ labi Shirin, dami Iso.

Mushkil ish ekan ishq, ani bilmas ekanman,
Ranju alamim ko‘zga aning ilmas ekanman,
Bosh ketsa, aning yo‘lidin ayrilmas ekanman,
Er etsa jafo, tarki vafo qilmas ekanman,
Jon rohatidur royihai sunbuli soro.

Ey zohidi farsuda, manga qilma nasihat,
Ishqidin aning mane’ o‘lub, qilma fazihat,
Gar vasli muyassar no‘q esa, hajri g‘animat,
To katmi adam bor ani ko‘yiga zzimat,
Sargashta kezarmen rahi payg‘ulai g‘abro.

Ma’shuqani husnini bilur siynai oshiq,
Xoki qadamin surma qilur diydai oshiq,
Gar boshidin oshsa g‘ami derinai oshiq,
Ummedin uzolmas dili bekiynai oshiq,
Umrini qilur sarf ani yo‘lida saropo.

Oinai iqbolima davron sitam etti,
Hijron toshini urdi, bahosini kam etti,
Mehnatni ziyod ayladi, pomoli g‘am etti,
Ko‘nglum tilinib, azmi tariyqi adam etti,
Ushshoqa ulug‘ ofat erur fitnai a’do.

Bir yora giriftor o‘lali besaru somon,
Har yon kezaram telba sifat volau hayron,
Ishqidin erur hamnafasim nolau afg‘on,
Olamda mening mushkilimi aylag‘il oson,
Yo‘q sendin o‘zga takyagahim, ey shahi dono.

Shavqiyg‘a maqolini karam qil, asar etsun,
Kim naxli maqoloti fasohat samar etsun,
Fayzi haqa elni so‘z ila boxabar etsun,
Ash’orini donolar o‘qub, mu’tabar etsun,
Ozg‘urma tariyqi nabaviydin ani aslo.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse