G‘azali Hoji Niyoz

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
G‘azali Hoji Niyoz
by Maxmur

(Hrji Niyozning g‘azali)

Davri falakda, do‘stlar, sarsari tangi roh o‘zim,
Girdi jahonni charx urub, sayqali mehru moh o‘zim.

Baski piyoda yo‘l yurub, yaxshi-yomonni ko‘p ko‘rub,
Makkada necha yil yurub fazlaxo‘ri iloh o‘zim.

O‘zimi soda ham desam, jinniyi loda ham desam,
(Ketima) xoda ham yesam hojiyi qiblagoh o‘zim.

Davri jahonda qolmadi men qilmagan gunohi bad,
Xosi zamona ahlida osiyi ro‘siyoh o‘zim.

Hojiyi (badburut) desang, bo‘zaxo‘ri o‘g‘ut desang,
Oltiyu to‘rt g‘o‘rt desang, rost o‘zim, guvoh o‘zim.

Pocha talosh kallalar zillakashi mahallalar,
O‘g‘riyi eski sallalar shom o‘zim, pagoh o‘zim.

Hajni sotay yo‘lda deb, o‘lmayin yo‘lda-cho‘lda deb,
Menga kiroyi qo‘lda deb, mu’tarifi gunoh o‘zim.

Jurm desang qabat-qabat, fisq desang sabat-sabat,
Nahs desang namat-namat, so‘fiyi xonaqoh o‘zim.

Shukrki muncha hol ilan, xotiri pur malol ilan,
Nafsi saki vubol ilan, tozayi shayhu shoh o‘zim.

Barcha vujudim (besubut), jismimi bori yetti put,
Abu jadim sag‘u safut, be shaku ishtiboh o‘zim.

Menki tama’ga bandaman, xalqi jahonda gandaman,
Narsa tilarga randaman, xoh o‘zim, noxoh o‘zim.

Subhidami silab yurub, himmatim olti [man] qurut,
Ustiga yetti to‘rba tut, luqmaxo‘ri pagoh o‘zim,

Shohi jahonpanohga, dovari dodxohga,
Xoni zafarsipohga chokari xayrxoh o‘zim.

Gohi Xo‘qanda mirishab, gohi haramda haqtalab,
Goh kuluxi mustahab bo‘l’ajabi giyoh o‘zim.

Xatmi g‘azalni aylagan belni xatoga boylagan,
Oshi kavarni poylagan hofizi sadrgoh o‘zim.

Besubuti yagonaman, tantanai zamonaman,
Jinniyi jovidonaman, masxara dastgoh o‘zim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse