Ey tabibi har kasal, dardimg‘a darmon qilmading...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey tabibi har kasal, dardimg‘a darmon qilmading...
by Sadoiy Mirhasan

Ey tabibi har kasal, dardimg‘a darmon qilmading,
Yig‘latib doim mani bir lahza xandon qilmading.

Man ketarman zor yig‘lab hasratu armon bila,
Manzilingg‘a, ey pari, bir lahza mehmon qilmading.

Ey nigoro, man na yozdimu na qildim sanga,
Intiqoli vaqt bo‘ldi, taskini jon qilmading.

Bir kelib, ey shahsuvoro, davlati oling bila
G‘amlarimni manzilin toroju tolon qilmading.

Doimo aylab mani tab’i dilimni bedimog‘,
Dushmaningni ko‘nglini bir lahza xufton qilmading.

Man bilurman, san erursan asl sohib ixtiyor,
Qaysi bir mushkillarimni hayf oson qilmading.

Aytadur yig‘lab Sadoyi misli bulbul zor-zor,
Ko‘rsotib guldek yuzing, aqlini hayron qilmading.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse