Ey sabo yetkur salomimni guli xandonima...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey sabo yetkur salomimni guli xandonima...
by Gadoiy

Ey sabo yetkur salomimni guli xandonima,
Sochi yaldo,orazi oy, ko’zlari cho’lponima.

Tor og’izliq, ahdi yolg’on, sust paymon dilbarim,
Tosh bag’irliq, rahmi yo’q, nomehribon sultonima.

Qullug’imni arza qilg’in, dag’i andin so’ngra ayt –
Kim, ayo koni jafo, qasd etting jonima.

Halqayi zulfung tamannosig’a men kimmen, begim,
Tinmag’ur ko’nglum, netay, kirmas mening farmonima.

Tig’ingizdin yuz evurmaklik ne nisbattur, vale
Fikrim andindurki, bas, nohaq kirarsiz qonima.

Bo’ldi bir yon yurokim onlinda usruk ko’zung,
Ayni istig’nosidin mayl etmadi bir yonima.

Garchi yuz ming dardu hasrat birla o’ldi bu Gado,
Umri davlat mustadom o’lsun mening sultonima.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse